Foydalanish shartlari
Umumiy
- NihonGoo — yapon tilini o‘rganish uchun onlayn platforma (nihongoo.uz va mobil ilovalar).
- Ro‘yxatdan o‘tish orqali siz ushbu shartlarga va Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.
- Pullik kurslar va sinov imtihoni tariflari sayt orqali Payme tizimida to‘lanadi; narx va muddat to‘lov sahifasida ko‘rsatiladi.
- AI yordamchi, AI murabbiy va AI Studio yaratgan materiallar o‘quv maqsadida beriladi; ular tekshirilgan bo‘lsa-da, xato bo‘lishi mumkin.
- Akkauntingizni istalgan vaqtda Profil → Hisob bo‘limida o‘chirishingiz mumkin.
Platforma qoidalari
- Platformadagi barcha darslar, videolar, PDF va boshqa materiallardan faqat shaxsiy o‘qishingiz uchun foydalanishingiz mumkin.
- Materiallarni boshqalarga tarqatish, nusxalab ijtimoiy tarmoqlar yoki kanallarga joylash, sotish yoki ijaraga berish qat’iyan taqiqlanadi.
- Hisobingiz faqat sizga tegishli: login va parolingizni boshqalarga bermang — bitta hisob, bitta o‘quvchi.
- Qoidalar buzilsa, hisobingiz ogohlantirishsiz bloklanishi va kursga kirish to‘xtatilishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar haqida: Maxfiylik siyosati