← Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 21-oktabr

NihonGoo (nihongoo.uz va NihonGoo mobil ilovalari) shaxsiy ma’lumotlaringizni hurmat qiladi. Quyida qanday ma’lumotlarni yig‘ishimiz, ulardan nima uchun foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimiz yozilgan.

1. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

  • Hisob ma’lumotlari: ism, email manzil va parol (parol shifrlangan holda saqlanadi, biz uni ko‘ra olmaymiz). Google orqali kirsangiz — Google bergan ism, email va profil rasmi.
  • O‘quv ma’lumotlari: o‘tilgan darslar, test va sinov imtihoni natijalari, sakura ballari, AI murabbiy mashqlari natijalari.
  • To‘lov ma’lumotlari: buyurtma raqami, summa, sana va holat. Karta ma’lumotlari Payme tizimida kiritiladi — biz karta raqamingizni ko‘rmaymiz va saqlamaymiz.
  • Jonli suhbat: xonadagi yozma xabarlar va xona ishtiroki. Ovozli suhbatlar yozib olinmaydi va serverlarimizda saqlanmaydi.
  • Qo‘llab-quvvatlash: yordam chatiga yozgan xabarlaringiz.

2. Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

  • Hisobingizni yuritish, darslarga kirishni ta’minlash va o‘quv progressingizni saqlash.
  • Shaxsiy tavsiyalar, AI murabbiy testlari va natijalar tahlili.
  • To‘lovlarni qayta ishlash va kursga kirishni ochish.
  • Reyting: faqat ismingiz (masalan «Aziza K.») va sakura ballari ko‘rinadi; reytingdan yashirinishingiz mumkin.
  • Ma’lumotlaringizni reklama uchun sotmaymiz va uchinchi shaxslarga bermaymiz.

3. Uchinchi tomon xizmatlari

  • Supabase — ma’lumotlar bazasi, hisoblar va fayllar saqlash.
  • Vercel — sayt joylashgan server.
  • Payme — to‘lovlarni qabul qilish.
  • OpenAI — AI yordamchi, AI murabbiy va AI Studio. Yuborilgan matn va rasmlar faqat javob tayyorlash uchun ishlatiladi; AI Studio’ga yuklangan rasmlar va yaratilgan fayllar bizda saqlanmaydi.
  • Google — Google orqali kirish (tanlasangiz).
  • Telegram — qo‘llab-quvvatlash va xabarnomalar (botdan foydalansangiz).

4. Saqlash va himoya

  • Ma’lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi.
  • Bazaga kirish huquqlar bilan cheklangan: har bir o‘quvchi faqat o‘z ma’lumotlarini ko‘radi.
  • Pullik test materiallari faqat vaqtinchalik havolalar orqali beriladi.

5. Huquqlaringiz va akkauntni o‘chirish

  • Profilingizdagi ma’lumotlarni istalgan vaqtda ko‘rishingiz va o‘zgartirishingiz mumkin.
  • Akkauntni o‘chirish: Profil → Hisob → «Akkountni o‘chirish». Shaxsiy ma’lumotlaringiz va o‘quv progressingiz o‘chiriladi.
  • To‘lov yozuvlari qonun talabi bo‘yicha buxgalteriya uchun ismsiz (anonim) holda saqlanadi.

6. Bolalar

  • Platforma 13 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. 13 yoshgacha bo‘lganlar ota-ona ruxsati bilan foydalanadi.

7. O‘zgarishlar va aloqa

  • Siyosat o‘zgarsa, shu sahifada yangilanadi va sana o‘zgaradi.
  • Savollar bo‘yicha: platformadagi yordam chati yoki nihongoo.uz orqali murojaat qiling.